«MEHR-E’TIBORGA MUHTOJ MEHR ULASHISH OLIYJANOB FAZILAT»

Viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamkorligida Samarqand shahar kasb-hunar maktabida 2020 yil 23 dekabr kuni «MEHR-E’TIBORGA MUHTOJ MEHR ULASHISH OLIYJANOB FAZILAT» xayriya aksiyasini tashkil etilib, ushbu aksiyada kasb-hunar maktablarida tahsil olayotgan 75 nafar yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan o’quvchilar hamda kam ta’minlangan va ijtimoiy ko’makka muhtoj oila farzandlari bo’lgan
yoshlarga issiq kiyim-kechaklar, Yangi yil sovg’alari tarqatilib, bayram dasturxoni tashkil etildi.
Tadbirda viloyat prokurori R.Masharipov va viloyat davlat solik boshqarmasi boshlig`i A.Inagamovlar qatnashib, har bir bola davlatimiz e’tiborida ekanligini ta’kidlab, yoshlarni yangi yil bayrami
bilan samimiy qutladi.

[ngg src=»galleries» ids=»5″ display=»basic_thumbnail»]